O'rnatish qo'llanmasi
Kocha Lang - bu xobi sifatida yaratilgan open source loyiha. Bu tilning asosiy maqsadi dasturlashni o’zgacha tarzda tajriba qilishdir. Kocha Lang — bu interpretatsiya qilinadigan til bo’lib, u Deno asosida ishlaydi.
O’rnatish
Agar siz Windows x64 tizimi sohibi bo’lsangiz, siz Githubdan
oxirgi interpretatorni, ya’ni kocha.exe ni yuklab olsangiz yetarli.
Yoki, shunchaki Deno yordamida ishlatsangiz bo’ladi.
-
Deno ni o’rnating
-
Git ni o’rnating
-
Kocha repozitoriyasini yuklab oling:
Terminal window git clone https://github.com/kocha-lang/kocha.git -
Sinab koring
Terminal window cd kochadeno run main.ts# Bu sizga Kocha dasturlash tilining repl-ini ochib berishi kerak.
Ishlatish
Keling, siz bilan “salom dunyo” dasturini yozamiz.
Uning uchun salom.kocha faylini yarating, va ichiga quyidagi kodni yozing.
korsat("Salom Dunyo!");Shunchaki kocha.exe yoki deno run main.ts qilib ochsangiz, siz Kocha lang-ni
repl-iga kirasiz.
Biz esa, salom.kocha faylini interpretatsiya qilmoqchimiz.
Shuning uchun kocha.exe yoki deno run main.ts oldiga salom.kocha faylimizni joylashuvini kiritishimiz kerak.
deno run --allow-read main.ts salom.kocha # deno bilan# ---kocha.exe salom.kocha # kocha.exe bilanYozganimiz ishashi uchun kocha.exe yoki main.ts, va salom.kocha bir direktoriyada bo’lishi kerak.
Tabriklayman! Birinchi kocha langdagi dasturingizni yozdingiz!🎉